HomeE’lon matni
E’lon matni

E’lon matni

Hurmatli hamkasblar!

III. Xalqaro ijtimoiy fanlar anjumani (INCSOS 2018-www.incsos.org) Turkish Studies jurnali, Bandırma Onyedi Eylul Universiteti, Xalqaro Bolqon universiteti  va Buxoro Davlat Universiteti hamkorligida Buxoro shahrida Buxoro Davlat Universiteti binosida 17-21 oktyabr kunlari o’tkaziladi.

Konferensiyaning ishchi tillari: Turk, Ingliz va O’zbek.

Anjuman davomida sinxron tarjima amalga oshiriladi. 

Konferensiyaning maqsadi va vazifalari

  1. Buxoro va Samarqand mintaqasini madaniyatimiz va ilmiy tadqiqotlarimizga o’tkazgan ta’sirini ko’rsatib berish;
  2. Anjumanda ishtirok etadigan ilm-fan arboblarini Buxoro va Samarqandning tarixi, madaniy, diniy-ma’rifiy diqqatga sazovor joylarini ko’rsatish orqali o’z yo’nalishlari bilan bog’liq yangi qarashlarga ega bo’lishlarini ta’minlash;
  3. Din, Jamiyat, Tarih, San’at, Falsafa, Etika, Sog’liq, Informatika, Iqtisod, Huquq, Siyosat, Ta’lim, Til va Adabiyot sohalari hamda Buxorolik yetti buyuk pir mavzularini qamragan keng ko’lamda parallel ravishda olib boriladigan konferensiya sho’balarini tashkil qilish;
  4. Turkiya va O’zbekistonda xizmat qilayotgan tadqiqotchi-izlanuvchilarni to’plash va bu orqali har ikki guruhni bir-birlari bilan yaqindan tanishib, muloqot qilishlariga zamin yaratish. O’zbekistonning ilmiy tadqiqotchilarini ilm dunyosida tanilishlarida ko’prik vazifasini o’tash, buning bilan bir qatorda ularning tajriba va malakalaridan istifoda etish;
  5. Ilmiy ma’noda Turkiya va O’zbekiston o’rtasida ko’prik qurib, ikki davlat o’rtasidagi munosabatlarni ilm-fan yo’nalishida davomli va muntazam rivojlanib borishini ta’minlash;
  6. Turkiya ilm-faniga xizmat qilgan tadqiqotchilarni shaxsiy yol bilan sayohat qilishlari mushkil bo’lgan makzur mintaqaga borishlarini qulaylashtirish va bizning madaniyatimiz, qadriyatlarimiz, an’analarimiz va san’atimizda chuqur iz qoldirgan bu hududlarga ziyorat qilishlarini ta’minlash;
  7. Anjumanda taqdim etiladigan ilmiy ishlarni nazarda tutib, yangi ilmiy ishlarga zamin tayyorlash va anjuman yakunida maxsus mavzular bilan bog’liq tezislarni nashr dunyosiya yetkazib berish;
  8. Qo’shgan hissasi muayyan tashkilot tomonidan baholanadigan ilmiy ish mualliflariga sovrinli o’rinlar tashkil qilib, ularga mukofatlar taqdim etish;
  9. Turk ijtimoiy-gumanitar ilm-fani uchun ahamiyat kasb etgan hududlarda tashkil qilinadigan anjumanni an’anaviy tus olishini ta’minlagan holda bu mintaqa bilan mamlakatimiz o’rtasida ilmiy-akademik aloqalarni mustahkamlashni asosiy maqsadlarimiz qatorida sanash mumkin.

Tashkiliy qo’mita 2018 yil 17-21 oktyabr kunlari Buxoroda o’tkaziladigan III. Xalqaro ijtimoiy fanlar anjumaniga (INCSOS 2018-Buxoro) barcha ilmiy soha vakillarini taklif qiladi.

Anjuman sho’balarga bo’lingan holda o’z ishini olib boradi. Bir vaqtning o’zida parallel ravishda o’tkaziladigan anjuman mavzulari quyidagilarni tashkil qiladi:

III. Xalqaro Din va Jamiyat Sempozyumi

III. Xalqaro Iqtisod, Huquq va Siyosat Sempozyumi

III. Xalqaro Falsafa, Etika va Sog’liq fanlari Sempozyumi

III. Xalqaro Tarih va San’at tadqiqotlari Sempoyzumi

III. Xalqaro Axborot texnologiyalari va dasturlash tadqiqotlari Sempozyumi

III. Xalqaro Til va Adabiyot Sempozyumi

III. Xalqaro Ta’lim Bilimlari va Qullanmalari Sempozyumi

III. Xalqaro Turizm va Geografiya Sempozyumi

Anjuman faxriy raisi
Prof. Dr. Mustafa Shentop

 

Tashkiliy qo’mita raislari

Prof. Dr. Mehmet Dursun ERDEM – Xalqaro Bolqon universiteti

Prof. Dr. Suleyman ÖZDEMİR-Bandırma Onyedi Eylül Universiteti Rektori

Prof. Dr. Abduqobil Abdunabiyevich Tulaganov – Buxoro Davlat Universiteti Rektori

Necip Fazil Kurt – Xalq Ta’limi Vazirligi, maslahatchi

Bosh kordinator

Doç. Dr. Özcan GÜNGÖR – Anqara Yildirim Boyazit Universiteti
Prof. Dr. Sharif BARATOV-Buxoro Davlat Universiteti
Doç. Dr. İsmail ŞAHİN -Bandırma Onyedi Eylül Universiteti

Kordinator

Dr. Dilshod YAVMUTOV-Buxoro Davlat Universiteti
Dr. Öğr. Üyesi İbrahim E. ARIOĞLU-Ankara Yıldırım Beyazıt Üniversiteti
Dr. Abror JURAEV-Buxoro Davlat Universiteti
Dr. Celalettin YANIK-Bandırma Onyedi Eylül Universiteti

Tashqi koordinator
Abdumalik TUYCHIBAEV-Ankara Universiteti

2018 BUHARA SEMPOZYUMU
Address
Buhara Üniversitesi, Ana Kampüs Buhara, Özbekistan
Buhara
Değerli Bilim İnsanları, kongre programına ulaşmak için buraya tıklayınız.
Değerli Bilim İnsanları, 'Gezi' programına ulaşmak için buraya tıklayınız.
close