III. Xalqaro Axborot Texnologiyalari va Amaliy Dasturlash Bilimlari Sempoziumi

Asosiy mavzu:

’’Rivojlanish va o’zgarishni harakatlantiruvchi axborot texnologiyalari va amaliy dasturlashni hayotning har sohasida ko’ra olish’’

Maqsad:

Axborot texnologiyalari dunyodagi bir qancha rivojlanish va o’zgarishlarning lokomativi vaziyatidadir. Oldingi axborot texnologiyalari bugunki kunda sun’iy aql texnologiyalari bilan aqlli sistema va texnologiyaga aylangandir.

Axborot texnologiyalari kunimizda faqatgina o’z xususiy sektor holidan chiqqan, ta’limdan biznesga, sayohatdan sog’liq sohasiga, xavfsizlik va ommaviy axborot vositalariga qadar hayotning har sohasida foydalaniladigan va ajralmas holga kelgan eng asosiy vositadir. Har doim, har sohada jadal suratda ko’payib borayotgan ma’lumotlar bilan nima qilishni bilish, bularni qayta ko’rib chiqib ma’lmotlar kuchi bilan strategik qarorlar bera olish axborot texnalogiyalari bilan amalga oshishi mumkin bo’la oladi.

Xalqaro miqyosdagi bu sempozium axborot texnologiyalari sohasida ko’pgina mavzularni o’z ichiga qamrab olgan va sohaga o’z hissasini qo’shuvchi yangi tadqiqotlar bilan jahon farovonligi va tinchligiga erishishga qaratilgandir.

Shu bilan bir qatorda sempozium uch samomiy dinning muqaddas zamini hisoblangan Buxoro shahrida tashkillashtirilishining ham o’ziga xos sababi bordir. Siz qadrli ustozlarni va tadqiqotchilarni bu ko’hna shaharda o’zingizning ahamiyatga molik ishlaringizni biz va butun jahon bilan baham ko’rishga taklif qilamiz.

Sizni bu yerda ko’rish bizni juda ham xursand qiladi.

 

Mavzular:

Sun’iy aql

Salmoqli ma’lumot (Big Data)

Ma’lumotlar koni

Sun’iy nerv tarmoqlari

Robototexnika

Obyektlarga xos internet

Mashina o’rganish

O’rganishni boshqarish sistemasi

Veb tayanchli ta’lim

Mobil o’rganish

Chuqur o’rganish

Ta’limda ijtimoiy mediadan foydalanish

Media va aloqa texnologiyasi

Mobil aloqa texnologiyasi

Axborot texnologiyasi

Axborot boshqaruv sistemalari

Aqlli sistemalar

Yangi o’rganish texnologiyalari

Animatsiya va 3D texnologiyalari

Kodlash va kod o’rganish

Kelajakning texnologik xonalari

Mobil o’rganish

Mobil o’yin

Texnologiya integratsiyasi

 

 

* Sempozium faqatgina yuqoridagi mavzularni o’z ichiga qamrab olmaydi balki, texnologiyaga oid butun tadqiqotlani o’z ichiga qamrab oladi.