Hurmatli mehmonlar,

Avvalambor O’zbekistonda tashkil etiladigan kongress safari doirasida firmamizni tanlaganingiz uchun rahmat aytamiz. Ushbu dastur davomida sizga foydali bo’lishini ko’zlagan holda ba’zi ma’lumotlarni aytib o’tishni xohlaymiz.

O’zbekiston haqida asosiy ma’lumotlar:

O’rta Osiyoda ilk O’zbek hokimiyati, XVI.asr boshida Samarqandda eng oxirgi hukmronlardan biri Temuriylar sulolasini yengip, Movarounnahrda o’z davlatini qurgan Muhammad Shayboniyxon davri bilan boshlangandir. Bu hukmronlik  XVII.asrgacha davom etdi va o’rnini bu hududda tashkil topgan  Buxoro amirligi, Xiva va Qo’qond xonliklariga bo’shatib berdi. Chor Rossiyasi bu hududda ilk hokimiyatini 1867-yilda markazi Toshkent bo’lgan Turkiston General Gubernatorligini tashkil etish bilan boshladi. O’n yil ichida Qo’qon xonligining Farg’onada qolgan qismi ham egallanib olingan. 1917-yil 1 noyabrda  Bolsheviklar Toshkentni egallab o’z suverenitetini e’lon qilishdi va 1924-yilda esa bugunki O’zbek hududini o’z ichiga olgan O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi tashkil topdi.  Sovet Ittifoqi parchalangach, 1991-yil 31- avgustda O’zbekiston Oliy majlisi mustaqillikni e’lon qildi va 1991-yil 1-sentabrda Mustaqillik kuni deb qabul qilindi.

Buyuk ipak yo’lining eng asosiy markazlaridan biri bo’lgan O’zbekiston, rasmiy nomi O’zbekiston Respublikasi O’rta Osiyoda Sovet Sotsialistik Respublikalari parchalangach o’z mustaqilligiga erishgan bir davlatdir. Bugungu kunda O’zbekiston yetti mustaqil turk davlatining biridir va TURKSOY ning a’zosi hisoblanadi. O’zbekistonning poytaxti Toshkent, SSSR davrida Moskva va Sankt-Peterburgdan so’ng eng katta shahar ekan, bugunki kunda esa Markaziy Osiyoning eng yirik poytahtidir.

O’zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida ilk metroga ega bo’lgan mamlakatdir. Samarqand va Buxoro shaharlari tarix davomida ilm-fan va madaniyat markazi bo’lgan. Bu shaharlarda Beruniy, Ulug’bek, Qozizoda Rumiy, Alisher Navoiy, G’iyosiddin Jamshid Koshiy ash-Shiroziy, Ubaydulloh Ahror, Najmiddin Kubro singari mashhur olim va ulamolar yetishgandir. O’zbeklar Nasriddin Xo’jaga turklardek ega chiqishadi. O’zbekistonning tarixiy asarlarini Samarqand, Buxoro va Xivada ko’rish mumkindir.

O’zbekistonda dengiz mavjud emasligi uning iqlimi judaham issiqdir. İqlimi quruq issiq va quruq sovuqdan iborat O’zbekiston janub qismida issiq ta’siri yuqori, shimolida esa sovuqroq iqlim kuzatish mumkin. Yozda issiqlik 40 darajadan yuqori, qishda esa issiqlik darajasi pasayib ketadi va muz qoplab qor ko’p yog’adi. Kunduz bilan tun orasida issiqlik darajasi tubdan farq qiladi. Yillik yog’ish mamlakat bo’ylab 200-300 mm tashkil etadi. Eng ko’p yog’ish dekabrda, eng kam yog’ish esa avgustda ko’riladi.

O’zbekistonda mavjud bo’lgan quruq iqlim tufayli qish oylari judaham sovuq, yoz oylari esa juda issiq o’tadi. Shu sababli sayohat qilish uchun yoz va qish oylari uncha mos emas. Eng yaxshi sayohat mavsumi baxor oylari, aprel-may va sentabr- oktabr vaqt oralig’idir.

Xorijga chiqish narxi:  aeroportda qatnashuvchilar tomonidan Moliya vazirligi g’aznasiga 15 lira pul to’lanadi.

Biletlar:  chiptalaringiz “elektron chiptalar” bo’lib aviakompaniya xodimiga ismingizni aytganingizda sizga parvoz chiptangiz beriladi. Xalqaro uchishlarda parvoz vaqtidan kamida 3 soat oldin va mahalliy uchishlarda esa parvoz vaqtidan 2 soat oldin aeroportda bo’lishingiz kerak. Qaytish chiptangizni sayohat mobaynida yoningizda olip yuring.

Pasport va boshqa hujjatlar: Pasportini ololmagan ishtirokchilarimizga aeroportda mas’ul shaxslarimiz tomonidan pasaportlari beriladi. Pasportini firmamizga keltirmagan ishtirokchilar İD kartalari bilan birgalikda pasportlarini yonlarida keltirishi va pasport jarayonini kuzatib borishlari kerak.

Valyuta: Sayohat mobaynida yoningizda dollar (usd) olishingiz yetarlidir.

İnternet: İnternet va daqiqa paketi oladigan sayohatchilarimiz bu ishni xorijga chiqmasdan eng kech aeroportda hal qilishlarini tavsiya qilamiz.

Kiyim: Yurush uchun qulay bo’lgan oyoq kiyim va kechgi salqin yoki yomg’irlik havo uchun mos kiyim oling. Sayohat davomida joynamoz va shippak olishingizni eslatib o’tamiz.

Sog’lik: O’zbekistonda Turkiyadagi bor bo’lgan hamma dorini topolmasligingiz mumkin. Shuning uchun doimiy foydalanip yurgan doringiz bo’lsa, yoningizda olishni unutmang. Bundan tashqari shu linkni qarab chiqishingizni tavsiya qilamiz: http://www.seyahatsagligi.gov.tr

Elektr: Sayohat davomida boradigan mamlakatimizdagi elektr vositalari Turkiya bilan bir xildir. Shunga qaramay yanada elektr kuchlangichni qayta ko’rib chiqing.

Sayohat davomida: Sayohatingiz davomida vaqtdan unumli foydalanish uchun guruh boshlig’ingizning sayohat harakati bilan bog’liq soatlariga diqqat qilishingizni so’raymiz. Har sayohatda bo’lganidek qimmatbaho buyumlarangizni va pullaringizni mehmonxona kassalarida saqlashingizni tavsiya qilamiz. Shaxsiy buyumlaringizga yetadigan har qanday zarar yoki yo’qolib qolishi kabi holatlarda guruh boshlig’ingizga darhol xabar berishingizni aytib o’tamiz. Parvoz davomida sigaraet chekilmaydi. Har parvozdan so’ng chemadan etiketlaringizni ko’rib chiqing. Shaharlarda telefon kartochkalari bilan telefon qilishingiz mumkin bo’lgan telefon apparatlari mavjuddir. Qoladigan mehmonxonamizga kirarkan mehmonxonaning tanitim qog’ozini olishingizni eslatib o’tamiz.

Sayohatimiz bilan bog’liq asosiy ma’lumotlar:

Umumiy xususlar sayyohlik dasturining ajralmas bir qismidir va sayohat dasturidan alohida hisoblanmaydi.

Yo’lboshchimiz firmamizning tavsiyasiga binoan programmada o’zgartirish kiritish, ob-havo yoki majburiy sabablarga ko’ra sayohat joylaridagi ba’zi yerlarni bekor qilish huquqiga egadir. Sayohatimizga qatnashgan barcha mehmonlarimiz buni qabul qilgan hisoblanadi.

Sayohatimiz kamida 40 kishi bilan tashkillashtiraladi. Yetarlicha qatnashuvshi bo’lmagan taqdirda oxirgi bekor qilish bilan bog’liq ma’lumot sayohatdan 5 kun oldin firmamiz tomonidan aytib o’tiladi. Xorijga safarlarimizda 35% oldindan to’lash bilan chiptani bron qilish mumkin.

Firmamiz yo’lovchi va aviakompaniya orasida vosita firma hisoblanip, u 28.09.1955 yilda Gaaga protokoliga tegishlidir. Rejalashtirilgan va maxsus reyslar uchun kechikish bo’lishi mumkin, yoki parvozdan oldin soat o’zgarishi mumkin. Firmamiz sizlarni ushbu o’zgarishlar haqida iloji boricha tezda xabardor qilib turadi. Yo’lovchilar soat o’zgarishi planini qabul qilib safar biletini oldilar. 2 yoshgacha bo’lgan bolalarga soliq va  xizmatlar uchun pul to’lanmaydi.

Sayohat programmasidagi mehmonxonalar tahminiy mehmonxonalar ro’yxati bo’lib, joylardagi bo’sh mehmonxonlarga qarab, xuddi shunday standartlardagi boshqa mehmonxonalarda qolish mumkin. 3 kishilik xonalar mehmonxonalardagi bo’sh o’rinlarga qarab ajratiladi. 3 kishilik xonalarda qo’shimcha yotoq mavjud bo’lib, 3-yotoq umumiy yotoqlarga nisbatan kichik o’lchamlidir. Bolalar uchun imtiyozlar faqat 2 nafar katta bolalar yonida qolgan bolalar uchun amal qiladi. Mehmonxonalarda taqdim etilgan nonushta sariyog’, murabbo yoki asal, non, choy yoki qahva va meva sharbatidan iborat. Guruhlar uchun nonushta alohida salonda berilishi mumkin.

Pegasus va Turk Havo Yo’llari reyslarida har bir kishi 1 bagaj ya’ni 20 kiloga haqqi bordir. Bagaj 20 kilogrammdan ortiq bo’lsa,qo’shimcha narx to’lash kerak. Airarabia Havoyo’llari faqatgina 10 kilogrammlik qo’l yuki taklif qiladi. (Tashqi bagaj uchun qo’shimcha haq talab qilinadi.) Agar er-u xotin va bolali oilalar bo’lsa ham, 20 kilogrammdan oshmasligi kerak va oshish bo’lsa qo’shimcha narx to’lanishi kerak. Shu sababli, har bir kishi uchun 1ta sumka (chemadan) tavsiya etiladi. Qo’l sumkasi eng ko’p 7 kg bo’lishi kerak.

Viza haqida muhim ma’lumotlar:

Turkiya Respublikasi yashil pasporti bilan sayohat qiladigan mehmonlarimiz, pasport muddati 10 yildan oshgan bo’lsa, pasportlarini yangilashlari zarur. Aks holda tashrif  buyuradigan  davlatda qabul qilinmasligi mumkin yoki Turkiyadan aviakompaniyalar tomonidan reyslar amalga oshishi mumkin bo’lmaydi. Bunday holatda javobgarlik yo’lovchiga oiddir.

Pasportlarga viza bosib berish uchun ikki bo’sh sahifa talab qilinadi. Tashrif buyurulgan davlat bojxona politsiyasi bilan bog’liq muammolarni oldini olish uchun pasportlarning yirtilgan, eskirgan, ho’l yoki shunga o’xshash hodisalar tufayli eskirgan pasportlar yangilanishi kerak va Turkiya fuqarolariga viza talab qiladigan davlat bo’lsa viza pasportda urilgan bo’lishi shart.

Aks holda javobgarlik yo’lovchiga tegishlidir.

TAŞKENT BÜYÜKELÇİLİĞİ
Adres: AKADEMIK YAHYA GULAMOV KUCHESI NO: 87 TASHKENT REPUBLIC OF ÖZBEKISTAN
Telefon: 00 998-71 113 03 00
Faks: 00 998-71 113 03 33
embassy.tashkent@mfa.gov.tr (mailto:embassy.tashkent@mfa.gov.tr)
http://taskent.be.mfa.gov.tr (http://taskent.be.mfa.gov.tr)